|
|
Piyozdoshlar
oilasi
Liliaceae
|
|
|
|
|
3.
|
Dilband lola (Mixel lolasi)
Tulipa micheliana Th. Hoog.
|
|
Kamyoblik
darajasi 1. G`arbiy Pomir-Oloydagi kamayib ketgan tur.
Qisqacha
tavsifi. Bo`yi 10-30 sm oralig`idagi ko`p yillik piyozli o`t. Piyozi
tuxumsimon, qora-qo`ng`ir charmsimon qobig`ining ichki tomoni yotiq tuklar
bilan qoplangan. Barglari ko`kimtir 3-4 ta, yo`l-yo`l qizg`ish dog`li. Guli
yakka, yirik, diametri 10 sm gacha bo`lib, qizil rangdan to`q pushti ranggacha.
O`ziga xos qadahsimon shaklda. Gulining tubi qora, sariq gardishli, ba'zan
gardishsiz. Changchi iplari qora, changdonlari binafsha rangli, ba'zan sarig`.
Mart-aprel oylarida gullab, may-iyunda mevasi yetiladi.
Tarqalishi.
Nurota
(Ingichkasoy), Zarafshon (Omonqo`ton), Hisor tizmalari (Dehqonobod atroflari)da
tarqalgan (Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari). Tojikiston va
Turkmanistonda ham tarqalgan.
O`sish
sharoiti. Tog` oldi va tog`ning pastki qismlaridagi toshli va
sog`tuproqli yonbag`irlarda o`sadi.
Soni.
Kam,
yakka holda uchraydi.
Ko`payishi.
Urug`idan
va piyozidan ko`payadi.
O`simlik
soni va arealining o`zgarish sabablari. Chorva mollari boqilishi va o`simlik
gulining terib olinishi sababli kamaymoqda.
Madaniylashtirilishi.
O`zbekiston
Respublikasi FA Botanika bog`ida 1956 yildan boshlab o`stiriladi.
Muhofaza
choralari. Qizil kitobga kiritilgan. Tabiatda o`sib turgan joylari qat'iy
nazorat ostiga olinishi lozim.
|
|
|
|
|
4.
|
Omonqo`ton lolasi (Foster lolasi)
Tulipa fosteriana Irving
|
|
Kamyoblik
darajasi 1. G`arbiy Pomir-Oloydagi juda
kamyob, endem o`simlik.
Qisqacha
tavsifi. Bo`yi 10-50 sm ga yetadigan ko`p yillik, piyozli o`t. Piyozi
tuxumsimon, diametri 2-6 sm, qobig`i qoramtir-qo`ng`ir, charmsimon, ichki
tomoni qalin, to`g`ri, qattiq tillarang tuklar bilan qoplangan. Barglari 3-5
ta, bir oz egri-bugri, ko`kimtir yoki yashil rangli. Gullari yaltiroq qizil,
yakka, yirik, diametri 10-12 sm, tubi qora, sariq hoshiyali yoki sarig`.
Changchi iplari to`q qizil yoki sarig`. Changdoni qoramtir-binafsha rangli.
Aprel-may oylarida gullab, iyun-iyulda mevasi yetiladi.
Tarqalishi.
Zarafshon
tizmasidagi Omonqo`ton o`rmon xo`jaligida, Taxtaqoracha dovonida, Urgut, Ohaliq qishloqlari atroflarida tarqalgan (Samarqand viloyati).
O`sish
sharoiti. Tog`larning o`rta qismidagi mayin zarra tuproqli yonbag`rlarda
va qoyalarning yoriqlarida o`sadi.
Soni.
Tabiatda
yakka-yakka holda tarqalgan.
Ko`payishi.
Urug`idan
va vegetativ yo`l bilan (piyozchalaridan) ko`payadi.
O`simlik
soni va arealining o`zgarish sabablari. Ko`plab gullari va piyozlarining yig`ib
olinishi hamda chorva mollarining boqilishi oqibatida kamayib bormoqda.
Madaniylashtirilishi.
O`zbekiston
(1957 yildan boshlab) va Tojikiston Respublikalari FA Botanika bog`larida, RFA
Bosh Botanika bog`ida o`stiriladi.
Muhofaza
choralari. Qizil kitobga kiritilgan. Tabiatda o`sib turgan tuplarini nazorat
ostiga olish lozim.
|
|
|
|
|
5.
|
Capg`ish lola
Tulipa dasystemon (Regel) Hegel
|
|
Kamyoblik
darajasi 2. G`arbiy
Tanshan va Pomir-Oloydagi areali ajralgan kamyob tur.
Qisqacha tavsifi.
Bo`yi 10-25
sm ga keladigan ko`p yillik piyozli o`t. Piyozi tuxumsimon, diametri 1.5 sm
gacha. Qobig`i qog`ozsimon, qora-qo`ng`ir tusli, yoki qo`ng`ir, ichki
tomonining yuqori qismi yotiq tukli. Bargi 2-3 ta. Guli yakka, och-sariq,
ba'zan oq tubi sariq. Changchi ipi sariq, changdoni sariq. May-iyun oylarida
gullab, iyun-avgustda mevasi yetiladi.
Tarqalishi. Piskom, Ugom, Chimyon,
Chotqol, Qurama, Molg`uzor, Hisor tizmalarida tarqalgan (Toshkent, Samarqand,
Surxondaryo viloyatlari). Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikistonda ham
uchraydi.
O`sish
sharoiti. Dengiz
sathidan 2500-3000 m balandlikdagi toshli va shag`alli tog` yonbag`irlarda
o`sadi.
Soni. Kichik to`plar hosil qilib
yoki yakka-yakka holda tarqalgan.
Ko`payishi. Urug`idan va piyozidan
ko`payadi.
O`simlik soni
va arealining o`zgarish sabablari. Urug`ining yomon unishi va chorva mollarining
boqilishi arealining qisqarib ketishiga sabab bo`lgan.
Madaniylashtirilishi.
1959 yildan
boshlab O`zbekiston Respublikasi FA Botanika bog`ida o`stiriladi.
Muhofaza
choralari. Qizil
kitobga kiritilgan. Bu o`simlik o`sadigan joyda mol boqilishini rejalash va uni
nazorat ostiga olish kerak.
|
|
|
|
|
6.
|
Turkiston lolasi
Tulipa turkestanica Regel
|
|
Kamyoblik
darajasi 2. G`arbiy Tanshan va Pomir-Oloydagi areali ajralgan kamyob, endem
o`simlik.
Qisqacha
tavsifi. Bo`yi 10-25 sm oralig`idagi ko`p yillik piyozli o`t. Piyozi
tuxumsimon, diametri 2,5 sm gacha, qobig`i qora-qo`ng`ir yoki qo`ng`ir tusli,
ichki tomonining yuqori qismi qalin tukli. Bargi 2 ta. Guli 1 -7 ta oq, tubi sariq
rangli. Changchi iplari sariq, kengaygan tub qismi qalin tuklardan hosil
bo`lgan halqa bilan o`ralgan. Changdonlari sariq, ba'zan binafsha rangli.
Mart-aprelda gullab, may-iyunda mevasi yetiladi.
Tarqalishi.
Qurama,
Zarafshon, Nurota, Turkiston va Hisor tizmalarida tarqalgan (Toshkent, Navoiy,
Samarqand. Qashqadaryo, Jizzax, Surxondaryo viloyatlari). Tojikistonda ham
uchraydi.
O`sish
sharoiti. Tog`larda dengiz sathidan 2500 mgacha bo`lgan toshli va soz
tuproqli yonbag`rlarda o`sadi.
Soni. Yakka-yakka holda tarqalgan.
Ko`payishi.
Urug`idan
va piyozidan ko`payadi.
O`simlik
soni va arealining o`zgarish sabablari. Gullari ko`plab terilganligi va chorva
mollarining tartibsiz boqilishi sababli qisqarib bormoqda.
Madaniylashtirilishi.
1956
yildan boshlab O`zbekiston Respublikasi FA Botanika bog`ida ekib o`stiriladi.
Muhofaza
choralari. Qizil kitobga kiritilgan. Chorva mollarining boqilishini
tartibga solish va o`simlik o`sib turgan joylarni nazorat ostiga olish lozim.
|
|
|
|
|
7.
|
Ulug`
lola
Tulipa ingens T/7. Nood
|
|
Kamyoblik
darajasi 1. G`arbiy Pomir-Oloyda juda kam tarqalgan endem o`simlik.
Qisqacha
tavsifi. Biyi 12-25 sm orasidagi ko`p yillik piyozli o`t. Piyozining
diametri 2,5-4 sm, cho`ziq-tuxumsimon, ustki qismi qora-qo`ng`ir yoki qo`ng`ir
yupqa charmsimon qobiq bilan o`ralgan. Barglari 3-4 ta, tarvaqaylagan, o`tkir
uchli, nashtarsimon, chetlari egri-bugri, ko`kimtir rangli. Guli qizil,
yulduzsimon, tubi qora rangli. Changchisi va changchi iplari qora, tim qo`ng`ir
yoki to`q qizil rangli. Aprel-may oyida gullab, iyun-iyulda mevasi yetiladi.
Tarqalishi.
Zarafshon
va Hisor tizmalarida tarqalgan (Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari).
O`sish
sharoiti. Tog`larning dengiz sathidan 1600-2000 m balandlikdagi soz
tuproqli yonbag`rlarida o`sadi.
Soni.
Yakka-yakka
holda uchraydi.
Ko`payishi. Urug`idan va
piyozidan ko`payadi.
O`simlik
soni va arealining o`zgarish sabablari. Chorva mollarining boqilishi, gullarini
uzib va piyozlarini qazib olinishi sababli kamaygan.
Madaniylashtirilishi.
1951
yildan boshlab O`zbekiston Respublikasi FA Botanika bog`ida o`stiriladi.
Muhofaza
choralari. Qizil kitobga kiritilgan. O`sib turgan tuplari nazorat ostiga
olinishi lozim.
|

© Web-design
Burnashev R.F., 2005
|